O‘zA O`zbek

29.07.2019 Chop etish versiyasi

Maks Xollouey kamarini himoya qilgani uchun 390 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi

Maks Xollouey kamarini himoya qilgani uchun 390 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi

Kanadaning Edmonton shahrida “UFC 240“ musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur turnirning markaziy jangi Maks Xollouey va Frenki Edgar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Maks va Frenki oʻrtasidagi jangda Edgar imkoniyatni boy berib qoʻydi va tashkilotchilar tomonidan 280 ming AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi. Chempionlik kamarini himoya qila olgan Xollouey esa 390 ming dollarni oʻz gʻaznasiga qoʻshib qoʻydi.

Shuningdek, Kris Sayborg hamda Felitsiya Spenser oʻzaro toʻqnashdi. Hakamlar qarori bilan gʻolib boʻlgan Sayborg 145 ming dollarni qoʻlga kiritdi. Spencherga esa 17,5 ming dollar nasib etdi. Arman Sarukyan raqibi Olivye Obena-Mersyeni taslim etib, 23,5 ming dollarni naqd qildi.

Bonus sifatida Deyvison Figeredo, Jeff Nil, Xakim Davodu va Aleks Pantox 50 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi.

671
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA