O‘zA O`zbek

02.02.2019 Chop etish versiyasi

Livanda nihoyat yangi hukumat tuzildi

Livanda nihoyat yangi hukumat tuzildi 2018 yil may oyida boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng nihoyat Livanda hukumat tuzildi.

Bosh vazir Saad Haririy Livanning 30 kishilik hukumatini boshqaradi va u tezda iqtisodiy va siyosiy islohotlarni boshlashga vaʼda berdi.

Haririy nutqida yangi hukumatning asosiy vazifasi iqtisodiy sohani rivojlantirish boʻlishini aytib oʻtgan.

Livanda hukumat yoʻq boʻlgan paytlarda mamlakat iqtisodiyoti oʻta ogʻir ahvolga kelib qolgan edi.

Bir necha oy avval Jahon banki, agar Livanda hukumat tuzilmasa, 11 milliard dollarlik shartli kredit va grantlar ajratish shartligi haqida ogohlantirgan edi.

“The Daily Star” gazetasi xabariga koʻra, yangi hukumat Livan valyuta obligatsiyalariga darhol ijobiy taʼsir koʻrsata boshlagan.

1 185
OʻzA