O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Litvada NATOning xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Litvada NATOning xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

TASS xabariga ko‘ra, Litva qo‘mondonligi “Gelezinis Vilkas 2019-II” keng miqyosli harbiy o‘quvida NATOning 11 mamlakati – Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, AQSh, Chexiya va Estoniya harbiylari ishtirok etayotganligi ma’lum qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda harbiylar samarali rejalashtirish va jangovar topshiriqlarni bajarishda kuch va vositalar taqsimoti bo‘yicha hamkorlik ko‘nikmalarini oshiradi.

375
O‘zA