Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

26.04.2018 11:16 Chop etish versiyasi

Kutilayotgan tarixiy kun: Ertaga Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari uchrashadi

Kutilayotgan tarixiy kun: Ertaga Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari uchrashadi Joriy yilning 27 aprel sanasida Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari rahbarlari Kim Chen In va Mun Chje In uchrashadi. Mazkur sammit Koreya yarim orolida tinchlikni ta’minlash, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilishida muhim qadam hisoblanib, nafaqat ikki mamlakat, balki dunyo afkor ommasi tomonidan anchadan buyon kutilayotgan edi.

RIA Novostining yozishicha, bugun sammit oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Koreya Respublikasi Prezidenti ma’muriyati rahbari Lim Chjon Sok ikki davlat rahbarlari uchrashadigan joy harbiy kuchlardan xoli hudud Pxanmunjom chegara qismi bo‘lishini ma’lum qilgan.

Lim Chjon Sokning aniqlik kiritishicha, Kim Chen In va Mun Chje In o‘rtasidagi muzokara mahalliy vaqt bilan 10.30 (Toshkent vaqti bilan 6.40)da Pxanmunjondagi “Tinchlik uyi” pavilyonida boshlanadi.

Uchrashuvda Ikki mamlakat yetakchilari tomonidan sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Malohat Husanova, O‘zA
4 026