O‘zA O`zbek

19.05.2018 13:09 Chop etish versiyasi

Kubada samolyot halokati: Tirik qolganlar haqida ma’lumot berildi

Kubada samolyot halokati: Tirik qolganlar haqida ma’lumot berildi Kubaning Gavanasida juma kuni ro‘y bergan aviahalokatda tirik qolgan 3 nafar ayolning holati haqida ma’lumot berildi. Calixto García shifoxonasi direktori Karlos Alberto Martinesning CubaTV ga xabar berishicha, ularning holati barqaror, lekin hayot uchun xavf haligacha saqlanib turibdi.

Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 110 nafaryo‘lovchi, shu jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Faqat uch kishining tirik qolgani aytilmoqda.

“Ularning holati gemodinamika nuqtai nazardar barqaror, lekin jiddiy jarohatlar sababli hayot uchun xatar saqlanib turibdi. Ularga intensiv tibbiyot aralashuvi zarur”, deb bayonot bergan shifoxona direktori. Martinesning aniqlik kiritishicha, jarrohlik amaliyotidan so‘ng ularda gemodinamik nazoratni yaxshilashga erishilgan.

Ayni damda, Kuba davlat kengashi 107 kishining qurbon bo‘lishiga olib kelgan samolyot halokati munosabati bilan 19 maydan 21 mayga qadar rasmiy motam e’lon qilgan. Mamlakat davlat kengashi davlat hokimiyati organlari va harbiy obyektlar binolarida davlat bayroqlarini tushirib qo‘yish haqida ko‘rsatma berildi.

4 764