O‘zA O`zbek

13.03.2018 10:46:33 Chop etish versiyasi

Kubada parlament saylovlari nihoyasiga yetdi

Kuba xalq deputatlari kengashining 605 deputati mamlakatda o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, o‘z lavozimlariga saylanishdi, deya xabar bermoqda mamlakat milliy saylov komissiyasi.

Ular orasida 86 yoshli amaldagi Kuba davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro ham bor. U nomzodini Santyago-de-Kuba provinsiyasidan ilgari surgan.

Granma portaliga ko‘ra, yakshanba kuni o‘tgan saylovlarda 8,9 million ovoz beruvchilarning deyarli 83 foizi ishtirok etgan.

19 aprel kuni yangi parlamentning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda deputatlar Kubaning yangi rahbariyati sanalgan davlat kengashini saylashadi. Shu bois ushbu saylov Kuba tarixida muhim ahamiyatga ega sanaladi.

Ayni paytda ushbu lavozimni Raul Kastro egallab turib, Shunga qaramasdan uning o‘zi aprel oyida o‘z lavozimini tark etishini aytgan edi.

Ekspertlarning fikricha, rahbarlikka yangi nomzod sifatida Kubaning 57 yoshli davlat kengashi raisi Migel Dias-Kanel nomzodi ko‘rilmoqda.