O‘zA O`zbek

18.04.2018 15:41 Chop etish versiyasi

Kubada Kastro davri tugayapti

2008 yildan beri Kubani boshqarib kelayotgan Raul Kastro ertaga, 19 aprel kuni hukumatni topshiradi. Bu haqda «Washington Post» nashri xabar tarqatgan.

Milliy majlis Kastro o‘rniga Prezident muovini Dias-Kanelni tayinlashi kutilyapti. Dias-Kanel davlat tepasiga kelsa, Kuba tarixida Kastro familiyasiga ega bo‘lmagan birinchi Prezident hisoblanadi.

Kubani 1959 yildan beri Kastro sulolasi boshqarib kelayotgan edi. 

86 yoshli Raul Kastro Prezidentlikni topshirsa-da, “Kommunist” partiya yetakchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Fidel Kastro 2008 yili sog‘lig‘i yomoshlashgani tufayli davlatni ukasi Raul Kastroga topshirgan edi. U 2016 yili 90 yoshida vafot etdi.

Prezident bo‘lishi kutilayotgan Dias-Kanel 25 yildan beri kommunistik partiyada turli lavozimlarda xizmat qildi. Santa-Klaradagi Las-Villas universitetining elktronika muhandisligi bo‘yicha tamomlagan Dias-Kanel harbiy xizmatdan keyin mazkur universitetda mehnat qildi. U 2013 yili Raul Kastro tomonidan Prezident muovini lavozimiga tayinlangan edi.

Tolibjon Nizomov
7 408