O‘zA O`zbek

13.09.2019 Chop etish versiyasi

Kuba benzinni iqtisod qilishga majbur bo‘lmoqda

Kuba benzinni iqtisod qilishga majbur bo‘lmoqda

AQShning cheklovlari natijasida Kuba hukumati mamlakatda benzinni iqtisod qilish choralarini ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

Bu haqda Kuba davlat kengashi va vazirlar mahkamasi raisi Migel Dias-Kanel mamlakat televideniesidagi chiqishida ma’lum qildi, deyiladi REGNUM xabarida.

Kuba rahbari hozirda zaxira 14 sentabrgacha yetishi sababli yoqilg‘i iqtisod qilinishini ta’kidladi. Ta’minotning davomiga oid kelishuvlar imzolangan. U shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlar yuz bersa, bu ham vaqtinchalik bo‘lishini aytgan. Davlat rahbari bularning barchasi uchun javobgarlikni AQSh zimmasiga yukladi.

617
O‘zA