O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirusga chalingan Braziliya prezidentiga gidroksixloroxin yordam bermoqda

Koronavirusga chalingan Braziliya prezidentiga gidroksixloroxin yordam bermoqda

Koronavirusga chalingan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bezgakga qarshi ishlatiladigan gidroksixloroxin preparati tufayli oʻzini yaxshi his qilayotganini maʼlum qildi.

“Kim gidroksixloroxinga qarshi chiqayotgan boʻlsa, lekin muqobilini topa olmayotgan boʻlsa, shuni maʼlum qilamanki, ushbu dorini qabul qilib oʻzimni juda yaxshi his qilyapman, Yaratganning koʻmagi bilan hali uzoq yashayman”, - deb yozdi prezident Twitterda.

Oʻtgan seshanba kuni Bolsonaru koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqanini maʼlum qilgan edi.

1 879
O'zA