O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirus tufayli Moskva metrosining ikki bekati nomi oʻzgartirildi

Koronavirus tufayli Moskva metrosining ikki bekati nomi oʻzgartirildi

Moskva metropolitenining ikkita stansiyasida koronavirus xavfi tufayli keksalarga uyda qolishni va karantin rejimiga amal qilishlarini eslatuvchi stikerlar paydo boʻldi. Moskva transporti departamenti Telegram kanalida shunday xabar tarqatdi.

Bu yerda gap “Domodedovskaya” va “Babushkinskaya” stansiyalari haqida bormoqda. Lekin stansiyalarga kirish joyida yopishtirilgan stikerlarda ushbu stansiyalar nomi “DomaDedovskaya” i “DomaBabushkinskaya”, deb oʻzgartirib qoʻyilgan.

“Ushbu murakkab paytda, birinchi navbatda kimni ehtiyot qilish kerakligini eslatib qoʻyishga qaror qildik”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq poytaxt metrosi matbuot xizmati koronavirus sababli yerosti yoʻlida yoʻlovchi oqimi bir oyda 44 foizga tushib ketgani haqda maʼlum qilgan edi. Yoʻlovchi oqimining pasayishi boshqa turdagi transportlarda ham kuzatilmoqda. Bundan tashqari, yoʻl transport hodisalari ham qisqargan.

930
OʻzA