O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirus suriyalik qochoqlar lagerlariga yetib bormasin!

Koronavirus suriyalik qochoqlar lagerlariga yetib bormasin!

Turkiyadagi insonparvarlik tashkiloti koronavirus suriyalik qochoqlar lagerlarida tarqalsa, katta fojia roʻy beradi, deb taxmin qilmoqda.

Bunda manzillarda qochoqlar uchun oʻzaro oddiy ijtimoiy talablarga javob beradigan oraliq masofani saqlashning ham iloji yoʻqligiga eʼtibor qaratilgan. Bu haqda mashhur “Al-Jazira” telekanalining internet sahifasi orqali maʼlum qilingan.

Tashkilot rahbariyati tomonidan rasmiy Damashq nazorat qilmayotgan Idlib viloyati va Halab viloyati shimolidagi lagerlarda yashayotgan salkam bir million qochoqqa yordam zarurligi, xususan, ularni ofatdan asrash kerakligi taʼkidlangan.

Qayd etilishicha, Suriyadagi harbiy harakatlar natijasida aziyat chekayotgan qochoqlar koronavirus tarqaladigan boʻlsa, yana-da jiddiy muammolarga duch kelishlari aniq. Betartib qurilgan lagerlar oddiy sanitariya talablariga ham javob bermaydi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari yetishmasligi, zarur tibbiy himoya vositalari yoʻqligi kasallik yashin tezligida tarqalishiga yoʻl ochib berishiga ishora qilinmoqda.

1 664
OʻzA