O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirus ortidan keladigan iqtisodiy tanglik 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan ham yomon boʻlishi mumkin

Koronavirus ortidan keladigan iqtisodiy tanglik 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan ham yomon boʻlishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz beradigan iqtisodiy tushkinlik, 2008-yilda yuz bergan jahon moliyaviy inqirozidan ham yomon boʻlishi mumkin, dedi Jahon savdo tashkiloti rahbari Roberto Azevedo.

Bundan avval Xaqaro valyuta jamgʻarmasi rahbari Kristalina Georgiyeva ham koronavirus tufayli jahon iqtisodiyotida retsessiya yuz berishi haqida bayonot bergan edi. Oʻshanda u ushbu retsessiya 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan ham jiddiyroq boʻlishi mumkinligini aytgandi.

“Mazkur pandemiya, shubhasiz, iqtisodiyotga, savdoga va ularning ortidan ish oʻrinlariga hamda odamlarning farovonligiga ham juda jiddiy taʼsir koʻrsatadi... Soʻnggi hisob-kitoblar shudan darak bermoqdaki, iqtisodiy tushkinlik va ish oʻrinlarini yoʻqotish, bundan 12 yil avval yuz bergan jahon moiyaviy inqirozdan ham yomonroq boʻladi”, — dedi Azevedo.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotiga koʻra, hozirga kelib dunyo boʻyicha 414 ming kishi koronavirusga chalingan, 18 mingdan koʻproq bemor hayotdan koʻz yumgan.

738
OʻzA