O‘zA O`zbek

05.09.2018 12:28 Chop etish versiyasi

Kongoda Ebola qurbonlari soni oshmoqda

Kongoda Ebola qurbonlari soni oshmoqda

Joriy yilning iyul oyida Kongo Demokratik respublikasining Shimoliy Kivu provinsiyasida Ebola bezgagi tarqalgan edi. “Anadoʻli” axborot agentligining ushbu mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga asoslanib xabar berishicha, bugungi kelib, oʻta xavfli yuqumli kasallikdan vafot etganlar soni 54 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, kasallik virusi tarqalgan hududda oʻtgan oyning sakkizinchi sanasidan buyon 6 ming 134 nafar aholi Ebola bezgagiga qarshi emlangan.

Maʼlumot uchun: Ebola bezgagi 1976 yilda Kongo Demokratik respublikasida ilk bor qayd etilgan. 2013-2017 yillarda esa Ebola Gʻarbiy Afrika boʻylab tarqalib, kasallik virusini 30 mingdan ziyod aholi yuqtirib olgan, ulardan 11 ming nafari vafot etgan boʻlgan.

Malohat Husanova, OʻzA
2 321