O‘zA O`zbek

08.09.2018 12:53 Chop etish versiyasi

Kompaniya rahbarligidan oʻqituvchilikka. Xitoyning eng boy odami Jek Ma shu yoʻlni tanladi

Kompaniya rahbarligidan oʻqituvchilikka. Xitoyning eng boy odami Jek Ma shu yoʻlni tanladi

Dunyoga mashhur ishbilarmon, “Alibaba“ kompaniyasi asoschisi va rahbari 10-sentyabrda (ayni shu sana Xitoyda “Oʻqituvchilar kuni” sifatida nishonlanadi) 54 yoshni qarshi oladi. Tavallud ayyomida u keksalik nafaqasiga chiqib, umrining qolgan qismini muallimlikka bagʻishlashini maʼlum qildi, deb yozadi “The New York Times“ gazetasi.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, sobiq ingliz tili oʻqituvchisi Jek Ma nafaqaga chiqqandan soʻng ham “Alibaba“ning direktorlar kengashi tarkibida qoladi va kompaniya boshqaruvini kuzatib boradi.

Keltirilgan iqtibosda Jek Ma oʻzining keksalik nafaqasiga chiqishi kompaniya “erasi”ning tugashiga ishora emasligi, balki taraqqiyotning yangi davri boshlanishini aytib oʻtgan.

1999-yilda tashkil etilgan “Alibaba“ bugunga kelib jahonda raqamli toʻlovlar va elektron tijorat bilan shugʻullanuvchi eng yirik kompaniyaga aylandi. Uning asoschisi Jek Ma 40 milliard dollarning egasi sifatida Xitoyning eng boy odami hisoblanadi.

“Alibaba“ asoschisi nafaqaga ketgach, undagi barcha vakolatlar kompaniyaning amaldagi bosh direktori Deniel Chjangga oʻtishi kutilmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA
1 351