O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Kolumbiyada merlar koronavirusga qarshi kurashga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda

Kolumbiyada merlar koronavirusga qarshi kurashga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda

Kolumbiyada oʻnta hudud rahbari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarini turli yoʻllar bilan oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda, deyiladi mamlakat bosh prokuraturasi tarqatgan xabarda.

Bosh prokuror Fernando Karilyo va bosh nazoratchi Felip Kordobning birgalikda bergan bayonotida taʼkidlanishicha, bir guruh merlar va boshqa mahalliy rahbarlar davlat mablagʻlarini oʻzlashtirish maqsadida turli noqonuniy shartnomalar tuzishgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, prokuratura barcha qonunbuzarlarni qamoqqa olishni talab qilmoqda. Ikki nafar gumondor shaxs payshanba kuni ertalab qamoqqa olingan.

1 337
OʻzA