O‘zA O`zbek

12.09.2018 11:53 Chop etish versiyasi

Kitlarni himoya qilish boʻyicha taklif rad etildi

Kitlarni himoya qilish boʻyicha taklif rad etildi

Braziliyaning kitlarni himoya qilish boʻyicha Janubiy Atlantika okeanida maxsus qoʻriqxona tuzish masalasi rad etildi. Bu kabi taklif Braziliyada oʻtgan Kit ovlovchilar xalqaro komissiyasi yigʻilishi doirasida bildirilgan edi, deya xabar bermoqda BBC.

Kitlar qoʻriqxonasini tashkil etish bilan bogʻliq loyiha Braziliya Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan bildirilgan edi.

Taklif 39 mamlakat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. 25 mamlakat, xususan, Yaponiya, Rossiya, Norvegiya, Islandiya kabi kit ovlovchi davlatlar unga qarshi ovoz berdi.

Komissiya nizomiga koʻra, taklif yuzasidan ishtirokchilarning uchdan ikki qismi qarshi ovoz bergan taqdirda u qabul qilinmagan, deya baholanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Kit ovlovchilar xalqaro komissiyasi shu kunga qadar ikki – Hind va Antarktida okeanlarida kitlar qoʻriqxonasi tashkil qilishni maʼqullagan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
2 236