Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2018 12:47 Chop etish versiyasi

Kimyoviy qurol, 30 kunlik muddat va gumanitar yordam...

BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 19-martida o‘tkaziladi.

Mart oyi boshlangandan buyon to‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan yig‘ilishida arab davlatlarida inson huquqlari borasidagi vaziyat muhokama qilinadi.

Bu haqda BMT huzuridagi Fransiya vakolatxonasi TASSga ma’lum qilgan.

Ochiq tartibda o‘tkaziladigan yig‘ilishda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husayn chiqish qiladi.

Xabarda qayd etilganidek, bugun Xavfsizlik Kengashi BMT Bosh kotibining Suriyadagi maxsus vakili Steffan de Mistura bilan uchrashgan. Maxsus vakil uchrashuvda Suriyadagi siyosiy jarayonlarni qayti tiklashdagi sa’y -harakatlari va mamlakatdagi vaziyat yuzasidan axborot bergan.

Mart oyi so‘nggiga qadar BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha yana bir yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda mamlakatda kimyoviy qurolni qo‘llashga doir holat va gumanitar vaziyat muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha joriy yilning 7-martida o‘tkazilgan yig‘ilishida Sharqiy G‘utadagi vaziyat muhokama qilingan edi. Aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida Suriyada harbiy harakatlarni 30 kundan kam bo‘lmagan muddatga to‘xtatish rezolutsiyasiga bag‘ishlangan 12 martdagi yig‘ilishda esa BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish chiqish qilgan.

Malohat Husanova, O‘zA
3 928