Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 16:16 Chop etish versiyasi

Kim Chen Inning shaxsiy samolyotini Rossiya aeroportlaridan birida ko‘rishdi

Bugun Rossiya Federatsiyasining Vladivostok xalqaro aeroportiga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chenning shaxsiy samolyoti kelib qo‘ngan.

Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonxap” agentligi xabar beradi.

Qayd etilishicha, Kim Chen Inga tegishli samolyot aeroportda bir necha soat qolgan. Bortda KXDR yetakchisining bo‘lgani noma’lum.

Joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari Vladivostokda Sharq iqtisodiy forumi o‘tkaziladi. Agentlik ehtimoliga ko‘ra, ushbu forum doirasida Kim ChenRossiyaga tashrif buyuradi. Shimoliy Koreya rahbariga tegishli samolyot xizmatidan ayni tashrifga tayyorgarlik ishlarini olib borayotgan KXDR amaldorlarifoydalangan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pxenyanda bo‘lib, Kim Chen Inni o‘z mamlakatiga taklif qilgan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 290