O‘zA O`zbek

03.05.2018 08:07 Chop etish versiyasi

Kengurular sayyohlarga hujum qilishmoqda

Kengurular sayyohlarga hujum qilishmoqda
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Morose kasalxonasi atrofidagi kengurular ularga yegulik bermoqchi bo‘lgan sayyohlarga bir necha marotaba tan jarohati yetkazishdi. Bu haqda “The guardian” xabar bermoqda.

Shtat parlamenti deputati hukumatni Yangi Janubiy Uelsning markaziy sohilidagi kengurularning mehmonlarga nisbatan tajovuziga qarshi rejali chora-tadbirlar ishlab chiqishga chaqirgan. Shuningdek, kenguru tajovuzidan mehmonlarni ogohlantiruvchi turli tillarda yozilgan belgilarni ko‘paytirish masalasi ham deputat tomonidan o‘rtaga tashlandi.

Hududdagi turoperatorlarning aytishicha, mehmonlar ushbu jonivorga to‘g‘ri kelmaydigan qovurilgan makkajo‘xori, fast fud qoldiqlari bilan doimiy ravishda siylashadi. Sidney hayvonot bog‘i mutaxassisining aytishicha, bu turdagi ovqat bilan kengurularni siylash juda zararli ekan. Kengurularning ovqat xazm qilish tizimi ham sigirlarniki kabi bo‘lib, ular o‘txo‘r hayvon hisoblanishadi. Ularga meva yoki sabzovotlarni berish esa oshqozon yarasini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, kengurularning shirinlikka moyilligi juda yuqori. Odamlarni ko‘rsa ularni yegulik manbasi deb hisoblaydi hamda shirin ovqat ilinjida odamlarga tashlanadi.

N.Toshpo‘latova

3 037