O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?

Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?

Venesuela. Yevropa Ittifoqi Venesuela hukumatini zudlik bilan mamlakatda prezident saylovini tashkil etishga chaqirdi.

Keniya. Kericho shahrida samolyot halokati oqibatida 5 nafar xorijlik halok boʻldi.

Yaman. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya tomonidan Yamanning Hodeyda shahrining qirgʻoqboʻyi hududlarida baliq ovi bilan shugʻullanayotgan kemaga havo hujumi uyushtirildi. Hujum oqibatida 8 nafar yamanlik halok boʻlgan.

Eron. Mamlakatning janubiy-sharqiy hududida yuz bergan terakt oqibatida 40 dan ortiq kishi halok boʻldi.

Argentina. Buenos-Ayresda ochlik va qimmatchilikka qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Unda minglab aholi ishtirok etdi.

Rossiya. Ijtimoiy tarmoqlarda Yamalo-Neneskom avtonom viloyati osmonida “uchta quyosh” namoyon boʻlganligi yuzasidan videomuhr tarqaldi.

AQSH. 2004 yil NASA kosmik agentligi tomonidan Marsga joʻnatilgan Opportunity kosmik apparatining Yer bilan aloqasi uzilgach, faoliyati toʻxtatildi.

1 015
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA