O‘zA O`zbek

13.02.2019 Chop etish versiyasi

Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?

Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?

Hindiston. Mamlakat poytaxti Nyu-Dehli shaharidagi “Arpit Palace“ mehmonxonasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 17 kishi qurbon boʻldi.

Suriya. Gʻarb koalitsiyasi tomonidan amalga oshirilgan aviahujum oqibatida 70 dan ortiq tinch aholi halok boʻldi.

Ozarbayjon. Mamlakat parlamentining yalpi majlisida “Kaspiy dengizining huquqiy maqomi” yuzasidan Konvensiya tasdiqlandi.

Nigeriya. Mamlakat janubidagi Rivers shtatida saylovoldi miting yakunidagi toʻqnashuv oqibatida 14 kishi halok boʻldi.

Kamchatka. Olyutorsk viloyatida 4,5 magnitudagi zilzila yuz berdi. 

765
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA