O‘zA O`zbek

31.07.2019 Chop etish versiyasi

Kashmirda yana otishma roʻy berdi

Kashmirda yana otishma roʻy berdi

Kashmirdagi bahsli hududda roʻy bergan otishmalar tufayli Pokiston harbiylaridan ikki va hind askarlaridan bir nafari halok boʻldi, deyiladi harbiylar maʼlumotiga tayanib berilgan ANI agentligi xabarida. Unga koʻra, Pokiston armiyasi Sunderbani, Tangdxar va Keron sektorlarida oʻt otishni toʻxtatish tartibini buzgan.

Hind armiyasi bunga javoban oʻt ochgan. Dehli Pokiston hukumatini qurolli ayirmachilarni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda. Islomobod buni rad etib, kashmirliklar oʻz huquqi uchun mustaqil kurash olib borayotganini taʼkidlamoqda.

769
OʻzA