O‘zA O`zbek

28.03.2020 Chop etish versiyasi

Karonavirus yana qancha davom etadi: Ebola va Zika kasalliklarini aniqlagan AQSH bosh virusologining tahlil va tavsiyalari

Karonavirus yana qancha davom etadi: Ebola va Zika kasalliklarini aniqlagan AQSH bosh virusologining tahlil va tavsiyalari

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, koronavirus tarqalishi va uni yuqtirishning oldini olish boʻyicha AQSH Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchining koʻplab tavsiyalari bugungi kunda dunyoda keng tarqaldi. U AQSH Prezidenti Donald Trampning yuqumli kasalliklar, COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha katta maslahatchisi.

Amerikalik shifokor va immunolog E.Fauci 1940-yilda tugʻilgan. 1984-yildan beri AQSH Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutini doimiy ravishda boshqaradi. Shu yilning yanvar oyidan boshlab Oq uyning koronavirusga qarshi kurash boʻyicha tezkor shtabi maslahatchisi hamdir.

D. Tramp E.Fauci uchun yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qarshi davlat siyosati boʻyicha maslahat beradigan oltinchi prezidentdir. U OIV / OITS, nafas yoʻllari infeksiyalari, diareya, sil, bezgak kabi kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish, davolash, fundamental va amaliy tadqiqotlar boʻyicha keng qamrovli ilmiy ishlanmalar portfelini, shuningdek, soʻnggi oʻn yil ichida Ebola va Zika kabi kasalliklarni aniqlagan.

E.Fauci soʻnggi chiqishlarida karonavirusga oid tahlillari boʻyicha quyidagi tavsiya va xulosalarni beradi:

1. OʻZINGIZCHA DAVOLAMANG. Bugungi kunda dunyoda koronavirusni bitta yoki bir guruh dorilar bilan davolash uchun klinik jihatdan tasdiqlangan usul yoki protokol mavjud emas. Shunga qaramay, bezgak yoki boshqa kasalliklarga qarshi dori-darmonlar bilan koronavirusni davolash hayot uchun juda xavflidir. Bundan tashqari, tasdiqlanmagan koronavirusli davolanishning nojoʻya va salbiy oqibatlari foydasidan koʻra ancha xavfliroq boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu dori-darmonlarga muhtoj boʻlgan boshqa bemorlarni davolashda dori-darmonlar yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

2. IJTIMOIY MASOFA TALABLARINI BUZMANG. Koronavirusning OIV / OITS, Ebola, Zika va boshqa xavfli viruslardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bu virus havo yoʻllari, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish, oddiy odamning kundalik hayotining umumiy xususiyatlaridan foydalanish orqali tarqaladi (qoʻl silkitish, eshik tutqichlariga tegish, pul va boshqalar).

3. TURLI MAʼLOMOT MANBALARIGA ISHONMANG. Yoʻl-yoʻriq, tavsiyalar va maʼlumotlarning yagona va toʻgʻri manbai har bir mamlakat hukumati boʻlib, u oʻz navbatida JSST bilan ishlaydi. Hukumat talablariga rioya qiling.

4. KEKSALARNI XAVF OSTIGA QOʻYMANG. Koʻplab viruslardan farqli oʻlaroq, koronavirus yoshga qarab har xil yoʻl bilan oʻtadi. Immunitetning zaiflashishi, boshqa surunkali va oʻtkir kasalliklar mavjudligi sababli, keksalar virusga koʻproq moyil boʻladi.

5. YOSHLARNING IJTIMOIY MASʼULIYATINI KAMSITMANG. Katta yoshdagi odamlarda oʻlim foizi koʻproq boʻlishiga qaramay, yosh infeksiyalangan organizmlar koronavirusning faol tarqatuvchisi boʻlib xizmat qiladi, hatto buni bilmaydi. Koʻpincha, keksa odamlar yoshlarning karantin va profilaktika ishlariga beparvolik bilan munosabati qurboni boʻlishadi. Bu kam uchraydigan holat emas, ammo reanimatsiya boʻlimlarida yoshlarning oʻzlari ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

6. SIZ BOSHQA KASAL BOʻLMAYMAN, DEB OʻYLAMANG. Odatda, inson immuniteti infeksiyani yoki virusni tan olishni oʻrganadi, bu esa takroriy kasallikning ehtimolini kamaytiradi. Ammo, hozirgi paytda koronavirusdan davolangan odam uni qayta yuqtirilmasligi haqida ishonchli dalillar yoʻq.

7. SHAHARGA VA GAVJUM JOYLARGA BORMANG. Har qanday vaziyatda odamlar orasidagi masofa kamida ikki metr boʻlishi kerak. Nyu-York misolida shuni aytishimiz mumkinki, bunday megapolislar shahar aholisi bir-biriga yaqinligi va ular qanchalik zaif boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.

8. VAHIMAGA BERILMANG. Virus asosan odam yoʻtalganda yoki aksirganda havo tomchilari va aerozol zarralari orqali tarqaladi. Odatda odamlar qoʻllarini ogʻizlari bilan yopib aksiradi. “Sogʻ boʻling”, deyilgach, yana umumiy narsalarga, masalan, eshik tutqichiga tegishadi. Sogʻlom odam qoʻllarini silkitganda yoki umumiy narsalarga tekkandan soʻng, ongsiz ravishda yuzning qismlariga tegadi, (ogʻzini yopishi va hokazo), bu esa infeksiyasi yuqtirishiga olib keladi. Siz hamma narsadan qoʻrqishingiz shart emas. Masalan, pochta orqali yuborilgan posilkalar va turli xil paketlar katta xavf tugʻdirmaydi, chunki virus uzoq vaqt bunday joylarda saqlanmasligi mumkin.

9. VIRUS TEZ ORADA OʻTIB KETADI DEB OʻYLAMANG. Biz pandemiya kamayish vaqtini bilmaymiz. Xitoy va Janubiy Koreyada yangi holatlar sonini kamaytirish ishlari 8 hafta davom etdi. Yevropa va AQSHda hamma narsa oʻsib bormoqda. Infeksiya koʻlamini barqarorlashtirish va bemorlar sonini kamaytirishni uchun hali bir necha oy kerak boʻlishi mumkin. Biroq, kuz yoki qishgacha ham koronavirus davom etshi mumkin, ammo bu vaqtga kelib biz ushbu virusni davolashning yana-da samarali usullariga ega boʻlishimiz zarur.

10. TADBIRKORLAR, ChETDA TURMANG. Faqat hukumatning birgalikdagi saʼy-harakatlari va tadbirkorlarning mablagʻlari yordamida koronavirusni yoʻq qilish mumkin. Hozirda AQSHda xususiy biznes tibbiy buyumlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi va etkazib beruvchisi boʻlib, shtat koronavirus tarqalishiga qarshi kurash siyosatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir.

3 605
O'zA