O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Jurnalistning oʻlimida gumonlanayotgan shaxs hibsga olindi

Jurnalistning oʻlimida gumonlanayotgan shaxs hibsga olindi Jurnalistning jasadidan olingan DNK natijalari qotillik Krasimirov tomonidan bajarilganligini tasdiqlamoqda.

30 yoshli Viktoriya Marinovani oʻldirganlikda gumonlanuvchi shaxs Bolgariya fuqarosi Severin Krasimirov, deya xabar berilmoqda. Marinovaning jasadi shanba kuni Bolgariyaning Ruse shahri yaqinidagi Tuna daryosi chekkasida joylashgan bogʻda topilgan.

Jurnalistning oʻlimi mamlakatni qattiq tashvishga solib qoʻygan va Bolgariya hukumati bu qotillik yuzasidan chuqur tekshiruv oʻtkazilishi haqida vaʼda bergan. Shuningdek, Yevropa komissiyasi qotillarni Yevropa sudiga olib kelish va tez tergov oʻtkazishni talab qilgan.

Bolgariya ichki ishlar vaziri Mladen Marinovning aytishicha, jurnalistning jasadidan olingan DNK natijalari qotillik Krasimirov tomonidan bajarilganligini tasdiqlamoqda.

Viktoriya Marinova mahalliy “TVN” kanalda jurnalist sifatida faoliyat yuritar edi. OAV tarqatgan maʼlumotlarga qaraganda, Viktoriya Marinovaning oʻldirilishiga uning korrupsiya haqidagi koʻrsatuvi sabab boʻlgan. Yaʼni u oʻlimidan oldin Yevropa Ittifoqi mablagʻlarini oʻzlashtirishdagi firibgarliklarda gumon qilinayotgan dastur haqida maʼlumot bergan. Bolgariyalik jurnalistning oʻlimida ayblanayotgan shaxs esa Germaniyada qoʻlga tushgan. Tergov jarayonida bolgariyalik biznesmenlar va siyosatchilar ham korrupsiyaga aloqador sifatida politsiya tomonidan hibsga olingan.

1 762
OʻzA