O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

JSST odamlar qachon koronavirusga qarshi vaksina olishiga oydinlik kiritdi

JSST odamlar qachon koronavirusga qarshi vaksina olishiga oydinlik kiritdi

Odamlar koronavirusga qarshi vaksinani faqat 2021-yilning birinchi yarmidan boshlab ola boshlaydi, dedi JSSTning sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan.

Uning chiqishi Twitterda namoyish qilindi.

Rayanning taʼkidlashicha, vaksina ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlar qayd etilayotganiga qaramay, preparatni olish muddatiga nisbatan realist boʻlishimiz lozim.

U shuningdek, JSST vaksina bilan barchani taʼminlash masalasi ustida ish olib borayotganini aytib oʻtdi.

«Epidemiyaga qarshi ishlab chiqariladigan vaksina faqat boylar uchun emas, qashshoqlar uchun ham emas, ular hamma uchun», — dedi Rayan.

JSSTning soʻnggi maʼlumotiga koʻra, koronavirus tarqalgandan buyon hozirgacha dunyo boʻyicha infeksiyaga chalinganlar soni 14,5 million kishiga yetgan, 607 mingdan ziyod kishi vafot etdi.

1 946
OʻzA