O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Jirinovskiy Leninning mumiyolangan jasadini savdoga qoʻyishni taklif etdi

Jirinovskiy Leninning mumiyolangan jasadini savdoga qoʻyishni taklif etdi

Rossiya liberal demokratik partiyasi yoʻlboshchisi Vladimir Jirinovskiy Vladimir Leninning mumiyolangan jasadini “sotib” yuborish taklifi bilan chiqdi. Siyosatchi oʻzining tvitterida shu haqda yozadi.

Jirinovskiyning taʼkidlashicha, agar shunday “savdo” amalga oshirilsa byudjetga katta mablagʻ kelib tushadi.

“Fransiyada bir tadbirkor “Jokonda“ kartinasini sotmoqchi. Biz Leninning mumiyolangan jasadini sotsak boʻladi. Xaridor topiladi: Xitoy, Vyetnam yoki birorta kommunist sotib olishi mumkin. Leninning jasadi yaxshi ahvolda, u atigi 96 yil avval mumiyolangan“, — dedi Jirinovskiy.

Bundan avvalroq ham u Federal majlisning yuqori palatasini tugatish imkoniyatini muhokama qilish taklifi bilan chiqqan edi.

Lenin vafot etgandan keyin uning jasadi Qizil maydondagi mavzoleyga qoʻyilgan va hozirgacha shu yerda saqlanmoqda.

1 167
OʻzA