11.09.2018 14:57 Chop etish versiyasi

Jenevada Suriya konstitutsiyaviy qoʻmitasi boʻyicha maslahatlashuvlar boshlandi

Jenevada Suriya konstitutsiyaviy qoʻmitasi boʻyicha maslahatlashuvlar boshlandi

Rossiya diplomatiyasi vakillari BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan Jenevada Suriya konstitutsiyaviy qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ikki kunlik maslahatlashuvlar turli darajadagi uchrashuvlarni oʻz ichiga oladi. Xususan, BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishga qaratilgan uch tomonlama kafolatlovchi davlatlar Rossiya, Eron va Turkiya vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.

De Misturaning qayd etishicha, tomonlar Suriya konstitutsiyaviy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish masalalarini muhokama qiladi.

Muloqot yakuni boʻyicha De Misturaning 20-sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga hisoboti taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 185