O‘zA O`zbek

18.02.2020 Chop etish versiyasi

Jeff Bezos iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun 10 milliard dollar ajratdi

Jeff Bezos iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun 10 milliard dollar ajratdi

Amazon internet savdo kompaniyasi egasi, dunyodagi eng badavlat kishisiJeff Bezos iqlim o‘zgarishini «sayyoramiz uchun asosiy tahdid» deya baholadi.

Uning Instagram kanalida yozishicha, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yangi usullarni topish uchun boshqa odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga tayyor. Uning aytishicha, yuqorida tilga olingan mablag‘ «Bezosning Yer fondi»ga yo‘naltiriladi. Fond pullari mazkur muammo ustida ishlayotgan olimlar, faollar va nodavlat tashkilotlarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezos 2018 yilda Forbes versiyasi bo‘yicha dunyoning eng badavlat kishisi, deb e’lon qilindi. O‘shanda uning boyligi 150,7 milliard dollarga baholangan edi.

2 554
O‘zA