O‘zA O`zbek

19.02.2020 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak 17 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak 17 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxoʻrlik va mablagʻlarni oʻzlashtirishda ayblangandan keyin sud belgilagan 17 yillik muddatni oʻtkazish uchun yana panjara ortiga qaytdi, deb xabar bermoqda KBS World Radio radiosi.

Prokuratura sobiq davlat rahbarini oʻzi aksiyadori boʻlgan avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi DAS kompaniyasi mablagʻlarini oʻzlashtirganlikda gumonlandi. Shuningdek, u mamlakatga prezident boʻlgan 2008-2013-yillarda Samsung Electronics kompaniyasidan pora olganlikda ham ayblandi.

2018-yil oktyabr oyida Seul Markaziy sudi Li Myon Bakni 24,6 mlrd. von ($21,7 mln)ni ishlatib yuborganlikda, shuningdek, 11 mlrd. von ($10 mln) miqdorida pora olganlikda ayblab, 15 yil qamoq jazosini belgilagan edi. Biroq 2019-yil mart oyida u sogʻligi yomonlashgani sababli garov evaziga ozod etilgandi.

2 317
OʻzA