O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 10:59 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreyaga KXDR orqali Rossiyaning gaz quvurlari oʻtishi mumkin

Janubiy Koreyaga KXDR orqali Rossiyaning gaz quvurlari oʻtishi mumkin

Rossiya va Janubiy Koreya KXDR orqali gaz quvurlarini oʻtkazish loyihasi qiymatini hisoblab chiqmoqda.

Moskva va Seul Janubiy Koreyaga KXDR orqali Rossiyaning gaz quvurlarini oʻtkazish loyihasi muhokamasini yangidan boshladi. Vladivostok Sharqiy iqtisodiy forumida Rossiya Federatsiyasining Koreya Respublikasidagi savdo vakili Mixail Bondarenko RIA Novostiga bu haqda maʼlum qilgan.

“Biz hozircha loyihani “muzlatish”ga harakat qilmoqdamiz. Boisi, bu juda qimmat va siyosiy tavakkalchilikka ega loyihadir. Ammo, Janubiy Koreya Prezidentining mamlakatimizga tashrifidan soʻng bu masala yana kun tartibiga chiqdi. Oʻz vaqtida loyihani muhokama ham etmagan edik. Hozir esa biz unga yana qaytdik, hisob-kitob qilmoqdamiz” degan Mixail Bondarenko OAVga bergan intervyusida.

Malohat Husanova, OʻzA