O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi antitelaning borligini aniqlash uchun test sinovlari boshlandi

Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi antitelaning borligini aniqlash uchun test sinovlari boshlandi

Janubiy Koreyada fuqarolarda koronavirusga qarshi antitelaning borligini aniqlash uchun test sinovlari boshlandi. Sinov mamlakatda infeksiyaning tarqalishi va COVID-19 qarshi immuniteti bor odamlar miqdori boʻyicha haqiqiy holatni baholash maqsadida amalga oshirilmoqda, deb xabar qiladi Renxap agentligi epidemiyaga qarshi choralar boʻyicha Markaziy shtab rahbarining oʻrinbosari Kvon Chjun Ukaning bergan maʼlumotiga tayanib.

“Serologik tadqiqot 3 ming 55 kishining qon namunalarida amalga oshirilmoqda. Maqsad, qancha odamning yangi koronavirusga qarshi immunitetga egalini aniqlash”, - deyiladi xabarda.

Kvon Chjun Ukaning taʼkidlashicha, antitela boʻyicha tadqiqot ishlari joriy yilning oxirigacha, har ikki oyda bir marta amalga oshiriladi. Soʻngra natijalar umumlashtiriladi va ekspertlar tekshiruvidan keyin eʼlon qilinadi.

Janubiy Koreya hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishini toʻxtatish boʻyicha qatʼiy choralar olib borayotganiga qaramay mamlakatda COVID-19ga chalinish holatlari hamon davom etmoqda. Masalan, oʻtgan seshanba kuni Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan 43 nafar yangi bemor aniqlandi. Hozirgacha Janubiy Koreyada jami 12 ming 800 kishi infeksiyaga chalingan. Qurbonlar soni 282 kishini tashkil etmoqda.

2 371
OʻzA