O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreyada COVID-19 dan tuzalgan 4000 nafar fuqaro dori ishlab chiqish uchun qon plazmasini topshiradi

Janubiy Koreyada COVID-19 dan tuzalgan 4000 nafar fuqaro dori ishlab chiqish uchun qon plazmasini topshiradi

Janubiy Koreyada COVID-19 dan tuzalgan 4000 nafardan ortiq fuqaro dori ishlab chiqish uchun qon plazmasini topshirish istagini bildirdi. Plazma koronavirusga qarshi yangi dorini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

AQSHdagi joriy tranzaksiyaga muvofiq, agarda fuqaro 500 ml. qon topshirsa, umumiy qonning qiymati qariyb 83 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. “Faqatgina 200 nafar sogʻaygan bemor qon topshirish istagini bildirgan vaziyatda COVID-19 ga qarshi dorini ishlab chiqishni tezlashtirish biz uchun qiyin. Sinchondji cherkovining tuzalgan bemorlari qilgan ommaviy xayriya tadqiqotlar uchun qon yetishmovchiligi muammosini hal etadi”, - deydi Janubiy Koreyaning “Green Cross Pharma” biofarmatsevtika kompaniyasi vakili.

Joriy yil birinchi choragida virusning tez tarqalishi Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi cherkov aʼzolarini hayratga soldi. Inqirozning dastlabki belgilari cherkov dindorlarining kasallanishidan oldin Xitoydan kelgan ommaviy tashrifchilar haqidagi tortishuvlar bilan paydo boʻldi. Sinchondji cherkovi asoschisi Li Man Xi cherkov aʼzolariga ixtiyoriy ravishda qon plazmasini xayriya qilish tavsiya etilganini maʼlum qildi.

“Biz xayriya boʻyicha toʻliq reja tuzish uchun sogʻliqni saqlash organlari bilan muzokaralar olib bordik. Baʼzi tuzalganlar hukumat va tibbiyot xodimlarining yordamidan minnatdor boʻlib, oʻzlari qon topshirgan. Ular jamiyatga oʻz hissalarini qoʻshish istaklarini bildirgan”, - deydi cherkov vakili.

Janubiy Koreya 12800 ta koronavirusdan kasallanish holati va 282 ta oʻlim holati haqida xabar bergan.

2 357
OʻzA