O‘zA O`zbek

12.09.2018 14:00 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreya: “Har qanday qiyinchilik boʻlmasin, tinchlik yoʻlidan aslo voz kechmaymiz”

Janubiy Koreya: “Har qanday qiyinchilik boʻlmasin, tinchlik yoʻlidan aslo voz kechmaymiz”

Vladivostokda oʻtayotgan Sharqiy iqtisodiy forumda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon chiqish qilib, Seul Pxenyan bilan tinchlik yoʻlidan hech qachon voz kechmasligini maʼlum qildi.

“Janub va Shimol hali hech kim bosib oʻtmagan yoʻldan ketmoqda. Bizga yanada koʻproq jasorat, donishmandlik va sabr-toqat kerak. Har qanday qiyinchilik boʻlmasin, tinchlik yoʻlidan aslo chekinmaymiz» deyilgan Janubiy Koreya hukumati rahbari soʻzlaridan RIA Novosti keltirgan iqtibosda.

OAVning qayd etishicha, Li Nak Yon Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirishda xalqaro hamjiyatning koʻmagi kerakligini aytib oʻtgan oʻz chiqishi davomida.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 18-20-sentabr kunlari Pxenyanda Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Oʻtgan haftada Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning maxsus elchisi boshchiligidagi delegatsiya KXDR poytaxtida boʻldi. Tashrif davomida maxsus elchi mamlakat yetakchisi bilan uchrashib, unga KR va AQSH rahbarlarining maktublarini topshirgan. Uchrashuv yakunidan soʻng Kim Chen In AQSH hukumatining Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirish jarayonida ildamlik yoʻq, degan fikriga qoʻshilmasligi, Pxungerining demontaj qilinishi mamlakatning yadrosinov oʻtkazish salohiyatini yoʻq qilgani, ayni qadamni esa xalqaro hamjamiyat munosib baholamayotgani, ammo, shunday boʻlsa ham Trampning prezidentlik muddati tugagunga qadar yarim orolda vaziyat barqarorlashuvi va AQSH bilan munosabatlar yaxshilanishidan umidvorligini bildirgan.

Malohat Husanova, OʻzA
1 167