O‘zA O`zbek

24.03.2020 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreya biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 80 milliard dollar ajratadi

Janubiy Koreya biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 80 milliard dollar ajratadi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In iqtisodiy masalalarga bagʻishlangan ikkinchi shoshilinch majlisda koronavirusdan ziyon koʻrgan korxonalarga ajratiladigan yordam paketini 100 trillionov von (79,7 milliard dollar)gacha oshirishi haqida aytdi, deb maʼlum qiladi prezident maʼmuriyati.

Iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi shoshilinch majlisda kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash doirasida 50 trillion von (39 milliard dollar) miqdorida yordam paketi haqida eʼlon qilingan.

“Hozir butun dunyo inqirozda… ammo biz firmalarimizni albatta himoya qilamiz. Avval eʼlon qilingan 50 trillionlik moliyaviy yordam 100 trillion vongacha oshiriladi. Ushbu yordam nafaqat xususiy tadbirkorlar, oʻrta va kichik biznes, balki yirik kompaniyalarga ham tegishli“, — dedi prezident Mun Chje In. Uning fikricha, shu yoʻl bilan aholi uchun ish oʻrinlari saqlanib qolinadi.

1 131
OʻzA