O‘zA O`zbek

14.10.2019 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreya adliya vaziri noroziliklar tufayli iste’foga chiqdi

Janubiy Koreya adliya vaziri noroziliklar tufayli iste’foga chiqdi

Koreya Respublikasi Adliya vaziri Cho Guk ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan korrupsiya janjallari fonida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. 

“Mening oilamga nisbatan davom etayotgan tergovlar uchun odamlar oldida o‘zimni aybdor his qilaman“, - degan Cho Guk matbuot anjumanida. Yonhap agentligi vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. 

9 sentabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In muxolifat va jamoatchilikning qarshiliklariga qaramay Jo Gukni adliya vaziri etib tayinlagan edi. Shu kuni Koreya prokuraturasi vazirning rafiqasi ustidan tergov harakatlarini boshladi. Hukumat a’zosining turmush o‘rtog‘i hujjatlarni soxtalashtirishda, shuningdek xususiy jamg‘arma bilan korrupsiya sxemalaridan foydalanishda gumon qilinmoqda.

Koreya davlat rahbari mamlakatda sud tizimini isloh etish vazifasini Cho Gukga yuklagan edi. Xususan, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiya jinoyatlarini tergov qilish, shuningdek, prokuraturaning ba’zi vakolatlarini politsiyaga topshirish uchun alohida mustaqil organni yaratish rejalashtirilgan. 

Chora-tadbirlarning mazkur bandi nazorat organi xodimlari orasida keskin norozilik keltirib chiqardi. Bir necha hafta davomida muxolifat adliya vaziri iste’fosini talab qilib, qator namoyishlar o‘tkazdi. 

1 588
Malohat HUSANOVA, O‘zA