O‘zA O`zbek

24.08.2018 15:17 Chop etish versiyasi

Janubiy Afrika AQSH hukumat rahbari bayonotidan norozi

Janubiy Afrika AQSH hukumat rahbari bayonotidan norozi

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligi Amerikaning mamlakatdagi ishonchli vakili Jessi Lapenn Janubiy Afrika xalqi va hukumatining AQSH hukumat rahbari Donald Tramp bayonotiga norozilik munosabatini Vashington hukumat rahbariyatiga yetkazishga vaʻda berganligini taʻkidladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” sayti.

D.Tramp 21-avgust kuni oʻz Twitter tarmogʻida AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoga Janubiy Afrikadagi fermerlarni ommaviy oʻldirib, ularning yerlarini tortib olishini buyurgan.

Saytda keltirilgan maʻlumotlarga koʻra, mamlakat rahbari avvalroq Fox News axborot tarmogʻida keltirilgan, Janubiy Afrika hukumati oq tanli fermerlar yerlarini tortib olmoqda, degan maʻlumotiga tayangan holda ushbu buyruqni bergan.

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligi bergan maʻlumotga koʻra, AQSH hukumat rahbari buyrugʻi notoʻgʻri maʻlumotlarga asoslangan, ushbu harakatlar ortida Afrika hududidagi yerlarni oʻzlashtirishni istagan guruhlarning noqonuniy va gʻarazli maqsadlari koʻzlangan, deb xabar bermoqda mamlakat rasmiylari.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
2 031