O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Jalolobod shahrida avtobusga hujum uyushtirildi

Jalolobod shahrida avtobusga hujum uyushtirildi

Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida avtobusga hujum natijasida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng 10 kishi halok bo‘ldi, deyiladi mahalliy “1TV” telekanali xabarida. 

Nangarhor viloyati rahbari vakilining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi, ulardan biri go‘dak bo‘lgan. 

Portlovchi moslama afg‘on armiyasiga chaqiriluvchilarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan motosiklga o‘rnatilgan. 

Hozircha hech qaysi guruh hodisaga javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. 

348
O‘zA