O‘zA O`zbek

13.08.2018 10:42 Chop etish versiyasi

Jakarta – “cho‘kib borayotgan shahar”

Jakarta – “cho‘kib borayotgan shahar”

Indoneziya poytaxti Jakartada 10 million aholi istiqomat qiladi. Mamlakatda suv toshqinlarining ko‘p kuzatilishi oqibatida mamlakat dunyodagi eng tez sur’atlarda “cho‘kib borayotgan” hudud hisoblanmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar Jakarta yiliga 25 sm.dan cho‘kib borayotganini ko‘rsatmoqda. Agar bu holat nazoratga olinib, kerakli choralar ko‘rilmasa, 2050-yilga kelib mamlakat butunlay suv ostiga g‘arq bo‘lishi xavfi bor. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, mamlakat yomg‘irli hududda joylashganligi, shuningdek, hududga doimiy tarzda Yava dengizi to‘lqinlarining urilishi hamda ushbu 13 ta daryoning oqib o‘tganligi mamlakatning suv ostiga butunlay g‘arq bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda vvs.som sayti.

Z. Mirzaboyeva, O‘zA
3 082