O‘zA O`zbek

13.02.2019 Chop etish versiyasi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ogohlantirmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ogohlantirmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ogohlantiradi: Musiqa ovozini pasaytiring! 

Aks holda, qoʻshiq shinavandalarining butun avlodi audio qurilmalardagi musiqaning baland shovqini tufayli eshitish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin. 

Bugungi kunda jahonda 466 million kishi karlikdan aziyat chekmoqda. Vaholanki, bu koʻrsatkich 2010 yilda 366 millionni tashkil etgan. Demak, sayyoramizda eshitish qobiliyatini yoʻqotayotgan insonlar soni shiddat bilan oshib bormoqda. 

“Yevronyus“ning yozishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti departamenti boshligʻi Shelli Chadla shu kabi xavotir bilan audio qurilmalar ishlab chiqaruvchilariga murojaat bilan chiqqan. 

“Biz qurilmalarga baland tovushlarni avtomatik tarzda cheklaydigan, pasaytiradigan va ota-ona nazorati funksiyalarini kiritishni tavsiya qilamiz “ deyiladi murojaatdan keltirilgan iqtibosda.

JSST maʼlumotlariga koʻra, jahonda 1,1 milliardga yaqin yoshlar (12 dan 35 yoshgacha boʻlganlar) dam olish va koʻngilochar maskanlaridagi musiqa shovqini tufayli eshitish qobiliyatini yoʻqotish xatariga duch kelmoqda. 

841
Malohat Husanova, OʻzA