O‘zA O`zbek

15.04.2019 09:04 Chop etish versiyasi

Jahon hafta ichida

Jahon hafta ichida

8-14 aprel voqealari qisqa satrlarda

Liviya. Mamlakatda qurolli harakatlar avj oldi. Oqibatda 147 nafar aholi halok boʻldi.

Misr. Shayx-Zuvayd shahrida amalga oshirilgan terror harakati oqibatida 7 kishi halok boʻldi.

Isroil. Mamlakatda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi.

Buyuk Britaniya. Brexitni ijro muddati joriy yilning 31 oktyabrigacha qoldirildi.

Pokiston. Mamlakat shimoliy-gʻaribiy hududlarida kuchli yogʻingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarida 10 ga yaqin odam halok boʻldi.

Indoneziya. Sulavesi oroli qirgʻoqboʻyi hududlarida 6, 8 magnitudagi kuchli zilzila yuz berdi.

Tailand. Uch kunlik Sonkran – milliy yangi yil tantanalari kuni turli sabablarga koʻra mamlakatda yuz bergan yoʻl transport hodisalari oqibatida yuzdan ortiq odam halok boʻldi.

AQSH. Mamlakat janubiy shtatlariga kuchli tornado urildi. Tabiiy ofat oqibatida 8 kishi halok boʻldi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
483