O‘zA O`zbek

08.07.2019 09:47 Chop etish versiyasi

Jahon hafta ichida

Jahon hafta ichida
Rossiya. Irkutsk viloyatida kuzatilgan suv toshqinlarida 2 mingdan ortiq aholi jabr ko‘rdi, 22 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘oniston. Hafta davomida G‘azni shahrida amalga oshirilgan ikki terakt harakati oqibatidagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.

AQSh. Florida shtatidagi savdo markazida gaz moslamasining portlashi oqibatidagi 20 kishi jarohatlandi.

Luksemburg. 4 iyul kuni Luksemburg shahrida YeXHT Parlament Assambleyasining 28-sessiyasi boshlandi. Sessiya 8 iyul kuni o‘z ishini yakunlaydi.

Gresiya. Mamlakatda muddatidan oldin Parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Litva. Mamlakatda qurg‘oqchilik tufayli milliy miqyosdagi favqulodda holat joriy qilindi.

Hindiston. Mamlakatning janubiy-g‘arbiy shtatlarida bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi.

Zuhra MIRZABOEVA, O‘zA
787