O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Italiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat keskinligicha qolmoqda

Italiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat keskinligicha qolmoqda

Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni ikki kunlik pasayishdan keyin yana keskin ortdi. Mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjelo Borrellinig maʼlum qilishicha, oʻtgan 24 soat ichida 743 kishi ofat qurboni boʻlgan.

“Sogʻayib ketganlar soni 894 kishiga yetib, jami 8326 kishini tashkil etdi” , - dedi Borrelli kuni kecha boʻlib oʻtgan brifingda. .

Ayni damda koronavirusga chalingan italiyaliklar soni 54 mingdan oshdi, ushbu koʻrsatkich bir sutkada 3,6 mingni tashkil etmoqda. Bu juda muhim koʻrsatkich, chunki qatorasiga uch kun pasayish kuzatilmoqda.

“Afsuski, soʻnggi kunda 743 ta oʻlim holatini qayd etdik”, - deya taʼkidladi Borrelli. Italiyada hozirga kelib koronavirus qurbonlari jami 6820 kishini tashkil etmoqda.

653
OʻzA