O‘zA O`zbek

19.09.2020 Chop etish versiyasi

Isroilda ikkinchi umummilliy karantin joriy etildi

Isroilda ikkinchi umummilliy karantin joriy etildi

Isroil hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi suratining oshishi tufayli ikkinchi umummilliy karantin joriy qildi.

18-sentyabrdan boshlab maktablar, bogʻchalar, mehmonxona, savdo markazlari, dam olish maskanlari yopildi.

Restoranlarga faqat yetkazib berish xizmatidan foydalanibgina ishlashga ruxsat berildi.

Fuqarolar oʻz uylaridan 500 metrgacha uzoqlikka chiqishlari mumkin.

Karantin vaqtida mamlakatda barcha turdagi bayramlarning oʻtkazilishi taqiqlandi.

Qoidalarning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi uchun armiya politsiyaga yordam sifatida mingta askarni safarbar qildi.

Isroil Prezidenti Reuven Rivlin fuqarolarni jipslikka chaqirib: “Bu bizga berilgan ikkinchi imkoniyat, uchinchi marta imkon boʻlmasligi mumkin”, dedi prezident.

2 603
O'zA