O‘zA O`zbek

13.08.2018 12:10 Chop etish versiyasi

Ispaniyada baxtsiz voqea oqibatida yuzdan ortiq aholi jabrlandi

Ispaniyada baxtsiz voqea oqibatida yuzdan ortiq aholi jabrlandi

Ispaniyaning g‘arbiy qismida joylashgan Vigo shahrida tashkil etilgan sport va musiqa festivali o‘tkazilayotgan paytda yog‘ochdan yasalgan yodgorlikning qulashi oqibatida o‘nlab odam jarohatlandi.

Mahalliy rasmiylarning bergan xabarlariga ko‘ra, hozirda jarohatlanganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda.
Shaharning dengiz oldi qismi ikki kunlik tadbirga kelgan odamlar bilan gavjum bo‘lgan.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, tasodifiy holatdan vahimaga tushgan ba’zi aholi o‘zini suvga tashlagan. Halokat oqibatida 130 ga yaqin aholi jiddiy shikastlagan. Aholiga qutqaruv va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hududga zudlik bilan shoshilinch tez yordam jo‘natilgan, deya xabar bermoqda bbs.som.

Z. Mirzaboyeva, O‘zA
1 726