O‘zA O`zbek

27.08.2018 09:26 Chop etish versiyasi

Ispaniya politsiyasi yirik giyohvand savdosini aniqladi

Ispaniya politsiyasi yirik giyohvand savdosini aniqladi
Ispaniya milliy politsiyasi Madrid pochtasiga qarashli yirik ulgurji savdo omborida ananas mevasi ichiga 70 kiloga yaqin giyohvand moddasi yashirilganligini aniqladi, deb xabar beroqda “RIA Novosti” 26-avgust kuni bergan xabarnomasida.

Mamlakat politsiyasining bergan maʻlumotiga koʻra, giyohvand moddasi oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat ishi mamlakatdagi MercaMadrid omborida aniqlangan. Har bir ananas mevasi ichiga 800 grammdan , umumiy hisobda 67 kilogrammdan oshiq kokain moddasi joylashtirilgan.

Jinoyat ishiga daxldorlik yuzasidan uch kishi Madrid, toʻrt kishi Barselona shaharlarida koʻlga olingan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 306