O‘zA O`zbek

22.05.2018 00:37 Chop etish versiyasi

Ispaniya Falastinga moliyaviy ko‘mak ajratmoqchi

Ispaniya Falastinga moliyaviy ko‘mak ajratmoqchi
Ispaniya hukumati Falastinga 1,2 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. RIA Novostining yozishicha, bu raqam mamlakat tashqi ishlar vazirligining hisobotidan o‘rin olgan.

Mablag‘ning birinchi qismi - 600.000 yevro bo‘lib, BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga o‘tkaziladi. Ikkinchi qism ham 600 ming yevroga teng. U Qizil Xoch orqali Falastinga yordam berishga yo‘naltiriladi.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining tezkor gumanitar yordamga chaqirig‘i dori vositalari va bir martalik tibbiy anjomlar (niqoblar, qo‘lqop, purkagich va boshqalar) tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lib, shoshilinch tibbiy yordamni yaxshilashga qaratilgan”, - deyiladi, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haqning qayd etishicha, Falastin xalqi uchun zarur yordam miqdori 539.7 million dollarni tashkil etadi. Bunda mablag‘ning 75 foizini G‘azo mintaqasiga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.

2 639