O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Islandiya ─ yashash uchun eng tinch mamlakat

Islandiya ─ yashash uchun eng tinch mamlakat

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 2018 yilda dunyoning koʻplab davlatlarida ziddiyatli holatlarni kamayganiga qaramasdan, soʻnggi toʻrt yil mobaynida dunyo hamjamiyatida tinchlik vaziyati darajasi pasayib borayotgani insoniyat kelajagiga raxna solmoqda.

Mana bir necha yildirki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti hamkorligida yil yakuniga koʻra, dunyoning 163 davlatidagi xavfsizlik darajasini baholash natijalari asosida “Global tinchlik indeksi” (Global Peace Index) reytingi eʼlon qilinadi.

photo5418380812371470872.jpg

Reytingda 10 yildan buyon yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan Islandiya, 2018 yil natijalari koʻra dunyoning eng tinch mamlakati, deb eʼlon qilindi.

Shuningdek, oʻntalik reyting pogʻonalaridan Yangi Zelandiya, Avstriya, Portugaliya, Daniya, Kanada, Chexiya, Singapur, Yaponiya va Irlandiya davlatlari oʻrin egalladi. 
Xususan, ushbu reytingda mamlakatimiz 104 oʻrinni qayd etgan.

Reyting natijalariga koʻra, Somali, Iroq, Janubiy Sudan, Afgʻoniston va Suriya inson hayoti uchun eng tahlikali davlatlar, deb tan olindi.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, Rossiya ─ Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli nizolar sababli, reyting natijalarida har ikki davlat inson yashashi uchun xavfli boʻlgan davlatlar guruhiga kiritilgan.

1 588
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA