O‘zA O`zbek

24.07.2020 Chop etish versiyasi

Iroqda aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Iroqda aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Iroq hukumati koronavirus epidemiyasi tufayli mart oyida toʻxtatib qoʻyilgan aviaqatnovlar yana boshlangani haqida eʼlon qildi, deb xabar tarqatdi Iroqning INA axborot agentligi.

“Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi mamlakatda muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi”, - deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Flightradar24 havo laynerlari harakatini monitoring qilib boradigan xizmat saytida keltirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da Bagʻdod xalqaro aeroportiga Qohiradan reys kelgan.

Oʻtgan hafta Iroq sogʻliqni saqlash va xavfsizlik masalalari boʻyicha Oliy qoʻmita 23-iyuldan aeroportlar faoliyatini boshlash haqida qaror qabul qilgan edi. Mamlakatda shuningdek komendantlik soati ham qisqartirildi. Xabarda aytilishicha, yaqin orada komendantlik soatini toʻliq bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Iroq hukumati shuningdek, Kuvayt va Eron chegaralaridagi nazorat- oʻtish punktlarini ham ochishni moʻljallamoqda.



1 597
OʻzA