O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

Iroq Suriya masalalari bo‘yicha Ostona sammitida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi

Iroq Suriya masalalari bo‘yicha Ostona sammitida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi

Iroq Suriya bo‘yicha muzokaralarning Ostona formatini muhim deb biladi va navbatdagi sammitda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. 

Bu haqda dushanba kuni Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi. 

“Biz Suriyadagi vaziyatni jiddiy muhokama qildik. Ushbu davlatning hududiy yaxlitligini ta’minlash, Suriyaning Arab Ligasiga qaytishi muhimligi va Ostona formatining ahamiyati ta’kidlandi“, degan Muhammad Ali al-Hakim. “Biz ushbu formatdagi keyingi uchrashuvda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni sabrsizlik bilan kutamiz“ . 

Avgust oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev Ostona shahrida navbatdagi yuqori darajadagi uchrashuv oktabrga rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 1-2 avgust kunlari Qozog‘iston poytaxtida Suriya bo‘yicha yuqori darajali o‘n uchinchi xalqaro sammit tashkil etilgan bo‘lib, muzokaralarda kafolat - davlatlar delegatsiyalari (Eron, Rossiya va Turkiya), Suriya hukumati va Suriya qurolli muxolifati ishtirok etgan. 

389
Malohat HUSANOVA, O‘zA