O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Iqtisodiy retsessiya koronavirusdan ham dahshatli boʻladi

Iqtisodiy retsessiya koronavirusdan ham dahshatli boʻladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida shu haqda aytib oʻtdi.

“Siz qandaydir vaqt mobaynida qoʻl siqishmay yurishingiz mumkin, lekin biz mamlakatni avvalgi holatga qaytarishimiz lozim... Koʻryapsizmi, koʻp odamlar grippdan vafot etmoqda, lekin mamlakatda kuchli retsessiya yoki depressiya yuz bersa bundan-da koʻp odamni boy berishimiz mumkin. Odamlar koʻproq halok boʻla boshlaydi, minglab suitsidlar (oʻz joniga qast qilish) yuz beradi, barqarorlik izdan chiqadi. Shunday ekan, shunchaki keling Amerika Qoʻshma Shtatlarini yopib qoʻyamiz, deya olmaysiz”, - dedi Tramp.

“Koʻproq ishlashga toʻgʻri keladi, qoʻlni bir kunda besh marta yuvish kerak, qoʻl berib soʻrashish kerak emas”, - taʼkidladi Tramp. Shuningdek u “siyosatchi” sifatida qoʻl berib koʻrishishni yoqtirishini ham tan oldi, chunki uning aytishicha, qoʻl berib soʻrashish insonlar oʻrtasida yana-da iliqroq mnosabat oʻrnatishga yordam beradi.

612
OʻzA